blog-img

“BYD” (Xitoy) kompaniyasining bosh muhandisi “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rgandi.

Joriy yilning 4-sentyabr kuni “BYD” kompaniyasining bosh muhandisi janob Chen Rong Jun “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QKga tashrif buyurdi

Tashrifning asosiy maqsadi zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish, samaradorlikni oshirish hamda mahsulot sifatini yanada takomillashtirish bo‘yicha strategik tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.

 

Janob Chen zavodning ishlab chiqarish liniyalari va mahsulotlari sifati ko‘rsatkichlarining “BYD” global standartlariga mosligini ijobiy baholadi.

Tashrif yakunida janob Chen “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QKda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish jarayonlari “BYD” standartlariga to‘liq mos ravishda yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.