Joriy yilning 9-sentabr kuni Jizzax shahrida “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruv raisining Transformatsiya va moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muxamedov Diyor Raufovich rahbarligida jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK hududida tashkil etilib, unda fuqarolar va korxonalar vakillari ishtirok etdilar. Sayyor qabul davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari, muammolari va takliflarini bevosita yetkazish imkoniga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tdi va unda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning murojaatlari asosida ayrim muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Takidlash joizki sayyor qabul fuqarolarni fikrini tinglash va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha muhim maydon bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.