"BYD Uzbekistan Factory" QK MChJ Anhor.uz nashrida 2025-yil 6-oktabrda chop etilgan materialga javoban
"BYD Uzbekistan Factory" QK MChJ (keyingi o'rinlarda - Kompaniya) Anhor.uz portalida "National Consulting Business" MChJ bayonoti bo'yicha chop etilgan materialga nisbatan to'liq va ishonchli ma'lumot taqdim etishni zarur deb hisoblaydi.
Voqealar xronologiyasi va haqiqiy holatlar
2025-yil 10-iyulda bizning Kompaniyamiz va "National Consulting Business" MChJ o'rtasida GRUNDFOS (Germaniya) ishlab chiqargan CRN 15-9 A-FGJ-G-E-HQQE markali, №96501777 modelidagi sanoat nasoslarini yetkazib berish bo'yicha №5286495.1.1 yetkazib berish shartnomasi tuzilgan.
2025-yil 29-iyulda yetkazib beruvchi shartnoma spetsifikatsiyalariga mos kelmaydigan nasoslarni yetkazib berdi:
Ichki tekshiruv natijalari
Kompaniyaning Komplaens xizmati va Yuridik departamenti tomonidan o'tkazilgan chuqur tekshiruv quyidagilarni aniqladi:
Ushbu ish bo'yicha "National Consulting Business" MChJ Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudiga da'vo arizasi bergan. Sud tomonidan "National Consulting Business" MChJ da'vo arizasi ko'rib chiqilgan va sud qarori chiqarilgan.
Sud qarorlari
Sud qarorlariga muvofiq bizning pozitsiyamiz O'zbekiston Respublikasi sud organlari tomonidan to'liq tasdiqlandi:
1. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan aniqlanishicha, tomonlar sud oldiga taqdim etgan ish bo'yicha hujjatlarga ko'ra, "BYD Uzbekistan Factory" MChJ QKga Shartnomada belgilangan Type: CRN15-09 A-FGJ-G-E-HQQE, Model: А96501777Р11830 nasos o'rniga "National Consulting Business" MChJ tomonidan shartnomada ko'rsatilmagan boshqa tovar – Type: CRN15-9 A-FGJ-A-E-HQQE, Model-PN-SN A98466521P3276475 yetkazib berilgan va bu holat sud tomonidan asossiz deb topilgan ("National Consulting Business" MChJning 240 000 000 so'm miqdoridagi asosiy qarzni undirish talabi) va uni qanoatlantirishni rad etish zarur deb topilgan.
Shuningdek, sud tomonidan aniqlanganki, "National Consulting Business" MChJ "BYD Uzbekistan Factory" MChJ QK mahsulotni qabul qilishdan asossiz bosh tortganligi munosabati bilan 48 000 000 so'm miqdorida jarima undirishni talab qilgan. "National Consulting Business" MChJ ko'rsatganki, o'z majburiyatlarini amalda to'liq va sifatli bajargan, "BYD Uzbekistan Factory" MChJ QKga shartnomada ko'rsatilgan tovarni shartnomada belgilangan 29.07.2025 muddatda yetkazib bergan va "BYD Uzbekistan Factory" QK MChJ shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan mahsulotni qabul qilishdan asossiz bosh tortgan. Biroq, ish materiallaridan ko'rinib turibdiki, "National Consulting Business" MChJ tomonidan shartnoma shartlariga mos kelmaydigan mahsulot yetkazib berilgan. "National Consulting Business" MChJ sudga "BYD Uzbekistan Factory" MChJ QKga shartnomada ko'rsatilgan va kelishilgan mahsulotni taqdim etganligini tasdiqlovchi dalil taqdim eta olmagan.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025-yil 30-sentabr kungi qarori bilan (ish №4-1001-2514/92974):
Alohida ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasining "Sudlar to'g'risida"gi qonunining 66-moddasiga muvofiq sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bo'yicha faoliyatiga aralashish taqiqlanadi. Konkret ishni har tomonlama, to'liq va xolis ko'rib chiqishga to'sqinlik qilish yoki qonunga xilof sud hujjati chiqarishga erishish maqsadida sudyalarga har qanday shaklda ta'sir o'tkazish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishiga olib keladi.
Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025-yil 30-sentabr kungi qarori bilan "National Consulting Business" MChJning da'vo talablari rad etilganiga va "National Consulting Business" MChJ sud qarori bilan tanishtirilganiga qaramay, ular tomonidan internet-nashri orqali yolg'on ma'lumotlar tarqatilgan. "National Consulting Business" MChJ tomonidan sodir etilgan ushbu harakatlar sud tomonidan adolatli sud jarayonini amalga oshirishga ta'sir o'tkazishga urinish sifatida baholanishi mumkin.
2. Toshkent shahar iqtisodiy ishlar bo'yicha sud hay'ati apellyatsiya instantsiyasi tomonidan aniqlanganki, birinchi instantsiya sudi da'vo arizasida ko'rsatilgan 240 000 000 so'm miqdoridagi asosiy qarzni undirish talabini rad etish to'g'risida asosli xulosaga kelgan, chunki "National Consulting Business" MChJ tomonidan yetkazib berilgan mahsulot shartnoma shartlariga mos kelmaydi va shartnomaning texnik parametrlarida ko'rsatilgan mahsulot raqamiga mos kelmaydi.
Sud jarayonida sud da'vo arizasida ko'rsatilgan 240 000 000 so'm miqdoridagi asosiy qarzni undirish talabini rad etish to'g'risida asosli xulosaga kelgan, chunki "National Consulting Business" MChJ tomonidan yetkazib berilgan mahsulot shartnoma shartlariga mos kelmaydi, shartnomaning texnik parametrlarida ko'rsatilgan mahsulot raqamiga mos kelmaydi, shuningdek, mahsulot ishlab chiqaruvchi sifatida Germaniya ko'rsatilganiga qaramay, mahsulot Xitoyning Shanxay shahrida ishlab chiqarilgan. Shu munosabat bilan sud jarima va zararlarni undirish talablarini qanoatlantirishni rad etish, shuningdek, sud xarajatlarini da'vogarga yuklash to'g'risida qonuniy qaror qabul qilgan.
Toshkent shahar iqtisodiy ishlar bo'yicha sud hay'ati apellyatsiya instantsiyasining 2025-yil 5-noyabr kungi qarori bilan:
Ayblovlar rad etilgan.
"BYD Uzbekistan Factory" MChJ QK xodimlari tomonidan "korruptsion buzilishlar" to'g'risidagi da'volar asossiz, dalilsiz va haqiqatga to'g'ri kelmaydi:
Bundan tashqari, "BYD Uzbekistan Factory" QK MChJ tomonidan "National Consulting Business" MChJga 168 010 000 so'm (120 000 000 so'm ustama, 48 000 000 so'm jarima va 10 000 000 so'm vositachilik to'lovi) miqdoridagi qarzni to'lash talabi bilan da'vo arizasi hamda oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish taklifi yuborilgan. "National Consulting Business" MChJ tomonidan da'vo arizasida bayon qilingan talablar bajarilmagan taqdirda, qarzni undirish uchun sudga murojaat qilish to'g'risida ogohlantirilgan.
Rasmiy pozitsiya
BYD UZBEKISTAN FACTORY:
Biz "National Consulting Business" MChJni noto'g'ri ma'lumotlarni tarqatishdan tiyilishga va O'zbekiston Respublikasi sud organlarining qonuniy kuchga kirgan qarorlarini hurmat qilishga va so'zsiz bajarishga chaqiramiz.
Komplayens xizmati