blog-img

“Birdamlik va halollik – korrupsiyaga qarshi kurash asosi” Jizzax, 9-dekabr 2025-yil

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan BYD Uzbekistan Factory komplayens xizmati tomonidan Jizzax ilg‘or muhandislik maktabida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

 

Tadbirning maqsadi — yoshlar va mutaxassislar o‘rtasida halollik, adolat va shaffoflik madaniyatini kuchaytirish, korxonada joriy etilgan komplayens tizimi, xalqaro standartlar, jumladan ISO 37001 talablari haqida amaliy ma’lumot berish bo‘ldi.

 

Tadbirda viloyat hokimligi, prokuratura, DXX vakillari, Jizzax politexnika instituti talabalari va BYD zavodi mutaxassislari ishtirok etdi.

 

Komplayens xizmati tomonidan:

— korrupsiya xavf omillarini baholash, xavf xaritalarini yuritish;

— ichki auditlar o‘tkazish;

— KYC va EDD jarayonlari;

— anonim “Hotline” orqali murojaatlar bilan ishlash;

— xodimlarning etik savodxonligini oshirish;

— komplayens ko‘rsatkichlarini KPI orqali baholash kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha ma’lumot berildi.

 

Talabalar uchun interaktiv seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va savol-javob sessiyalari tashkil etildi. Ular Code of Conduct, Anti-Bribery Policy va Conflict of Interest Protocol bilan tanishdilar.