Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti vakillari hamkorlik va sheriklik memorandumini imzolash maqsadida “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QKga tashrif buyurdi.
Memorandum institutning ilmiy va ta’lim salohiyatini, korxonaning muhandis-texnik mutaxassislari malakasini oshirish, shuningdek, talabalar va bitiruvchi yosh mutaxassislar bandligini ta’minlash imkoniyatlarini ko‘zda tutadi.
Tashrif davomida mehmonlar zavodning ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishib, kelgusidagi rejalar bilan o‘rtoqlashdilar.




