blog-img

Shu yilning 19 noyabr kuni “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasida departament rahbarlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash masalasida komplayens trening o‘tkazildi.

Shu yilning 19 noyabr kuni “BYD Uzbekistan Factory” qo‘shma korxonasida departament rahbarlari uchun korrupsiyaga qarshi kurash masalasida komplayens trening o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda — raxbar xodimlarda komplayens madaniyatini shakllantirish, yaʼni qonunlarga rioya qilish, halollik va shaffoflik tamoyillarini kundalik ish jarayoniga singdirishga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Trening davomida quyidagi muhim masalalar yoritib o‘tildi:

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining asosiy talablari;
  • BYD Uzbekistan Factory ning komplayens va etika sohasidagi ichki siyosatlari;
  • Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish tartibi;
  • Ehtimoliy korrupsion sxemalarning belgilarini aniqlash;
  • Xatti-harakat algoritmi va xabar berish tartibi;
  • Xodimlar va rahbarlarning javobgarligi;
  • Halollik muhitini shakllantirishda rahbarlar roli.

 

Xuddi shu kabi treningda amaliy misollar, tipik xatolar tahlili, ichki meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash va «nol tolerantlik» tamoyilini amaliyotga joriy etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Komplayens xizmati