“BYD UZBEKISTAN FACTORY” MCHJ QKning 20 nafar mutaxassisi Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida joylashgan “BYD” avtomobillar ishlab chiqarish zavodida 3 oylik malaka oshirish kurslarida ishtirok etishdi.
Malaka oshirish jarayonida ular elektr va gibrid texnologiyalarga asoslangan avtomobillar ishlab chiqarish boʼyicha zamonaviy ish uslublari, yuqori texnologik jarayonlar hamda sifat nazorati boʼyicha amaliyot oʼtashdi.
Oʼquv kurslari yakunlanganidan soʼng, xodimlar zavod rahbariyati va xitoylik hamkorlar tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.