“BYD” Tojikistonning Dushanbe shahrida birinchi dilerlik markazini ochdi.
Dushanbe shahridagi dilerlik markazi "BYD" mahsulotlarining jahon bozorida mavjudligini kengaytirishda navbatdagi qadam, hamda, “BYD Uzbekistan Factory” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun birinchi eksport bozori bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: 4-oktyabr kuni Pomir tog‘larining xushmanzara hududida eng ko‘p sotiladigan to‘rtta model – “Song Plus”, “Song Pro”, “Chazor” va “E2” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.