Joriy yilning 9-oktyabr sanasida “BYD Uzbekistan Factory” MChJ qo’shma korxonasining faoliyati bilan yaqindan tanishish va o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida Toshkent davlat transport univeriteti prorektori D.H.Baratov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida, zavodning ishlab chiqarish quvvatlari ko’zdan kechirildi va o'zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida anglashinuv memorandumi imzolandi.